Yapon-oʻzbek musiqiy festivali. TOKIKO KATO

Tadbir haqida

10-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik Katta teatri sahnasida “Tumor” raqs ansambli, Alibek Kabdurahmanov boshchiligidagi Oʻzbekiston Milliy simfonik orkestri, yaponiyalik xonanda va kompozitor Tokiko Kato, pianist Yoko Kanno hamda maxsus mehmon — opera xonandasi Jenisbek Piyazov ishtirokida Yapon-oʻzbek musiqiy festivali boʻlib oʻtadi.
Kecha dasturida Oʻzbekiston Milliy simfonik orkestri ijrosidagi asarlar hamda Tokiko Katoning vokal dasturi yangraydi. Ular orasida mashhur “Million qizil gul” (Million alix roz), “Porco Rosso” animatsion filmining yakuniy saundtreki boʻlgan “Baʼzan oʻtmishni eslaymiz” va “Xigasikava qoʻshigʻi: Yerning markazi shu yerda” kabi asarlar joy olgan.

Yosh cheklanishlari / Til

12+ / Multilingual
Yapon-oʻzbek musiqiy festivali. TOKIKO KATO Yapon-oʻzbek musiqiy festivali. TOKIKO KATO

Tadbir bo'lib otadigan joy