MATBUOT UCHUN E’LON
2024-yil 19-fevral kuni Toshkentdagi barcha musiqa shinavandalarini o‘ziga xos voqea – taniqli skripkachi Maksim Vengerovning Alibek Kabdurahmanov boshchiligidagi Milliy simfonik orkestri jo‘rligidagi chiqishi kutmoqda. Konsert “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida bo‘lib o‘tadi. Dasturdan Jyul Massnening “Tais” operasidan “O‘y-mulohaza”, Moris Ravelning “Lo‘li” konsert rapsodiyasi va Yan Sibelius orkestr bilan skripka konserti o‘rin olgan.
Maksim Vengerov eng talabgor musiqachilardan biridir. U Mstislav Rostropovich, Jorj Sholti, Iyegudi Menuhin, Karl Jullini bilan faoliyat olib borgan va eng nufuzli xalqaro maydonlarda shuhrat qozongan dirijyorlar boshchiligida eng sara orkestrlar bilan sanoqsiz chiqishlarni amalga oshirgan. London Qirollik kolleji va Zalsburgdagi Motsarteum universiteti professori.
Maksim Vengerov qator nufuzli mukofotlar, jumladan, ikkita Grammy, to‘rtta Gramophone Awards UK, to‘rtta Edison Award, ikkita Echo Klassik Award va boshqa mukofotlar sohibidir. U Classic FM radiosining birinchi ijrochi rezidenti, shuningdek, IDAGIO mumtoz musiqa audio tasmalarining yetakchi xizmatining elchisi bo‘lgan. San’atkor haqida bir nechta filmlar, shu jumladan, Kann festivalida namoyish etilgan “Playing by Heart” filmi yaratilgan.
Uning cholg‘u asbobini mahorat bilan chalishi tomoshabin va o‘z kasbining usta mutaxassislari tomonidan maftunkor olqishlariga sazovor bo‘lgan. 40 yil avval sahnaga ilk bor chiqqan Maksim Vengerov uni o‘shandan beri tark etmadi va haqli ravishda zamonamizning atoqli musiqa sozandalaridan biri hisoblanadi.
Alibek Kabdurahmanov rahbarligidagi O‘zbekiston milliy simfonik orkestri boy tarixga ega jamoa. 1936-yilda tashkil etilgan orkestr turli davr, uslub va harakatlarga oid asarlarni o‘z ichiga olgan eng boy repertuarga ega bo‘lib, ko‘pincha o‘zbekistonlik bastakorlar asarlarini ijro etadi, dunyoning turli mamlakatlari ijrochilari bilan hamkorlik qilib keladi.
Jamoa ham O‘zbekiston, ham xorijda munosib tanilgan. O‘tgan yilining o‘zida jamoa Berlin filarmoniyasi va Parijdagi YUNESKO bosh qarorgohida chiqish qilib, shuningdek, A.Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida “Qarsildoq” balet spektaklini sahnalashtirishda ishtirok etib, musiqashunos munaqqidlarning yuksak e’tiroflariga sazovor bo‘ldi.
Konsert O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, mamlakat aholisini jahon musiqa merosiga oshno qilish hamda O‘zbekiston ijodkor ijrochilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dastur doirasida o‘tkazilmoqda.
Chiptalar tez orada iTicket.uz’da.
O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasiga 2017-yilda Prezident Shavkat Mirziyoyevning qaroriga binoan asos solingan. Jamg‘armaning pirovard maqsadi O‘zbekiston madaniyatini xalqaro miqyos manzarasiga uzviy singdirish, madaniyat muassasalarida bag‘rikeng va qulay muhitni yaratish orqali mamlakat ichidagi imkoniyatlarni taraqqiy ettirish, muzeylarni ta’mirlash, metsenatlikni rivojlantirish hamda muzey, teatr va boshqa madaniyat muassasalari uchun xodimlar salohiyatini shakllantirishdan iborat. Jamg‘armaning loyihalari san’at, adabiyot, teatr, musiqa, me’morchilik, raqs san’ati, kino kabi qator yo‘nalishlarni qamrab olgan. Fanlararo yondashuvni qo‘llagan va turli mamlakatlar yetakchi mutaxassislarini birlashtirgan holda Jamg‘arma MDH, Yevropa va Osiyo mamlakatlari orasida madaniy diplomatiyaning yillar osha barq urishini rag‘batlantiradi.
acdf.uz