Shaddod ona va uning farzandlari

Psh 5.12.2019 18:30

PREMYERA — “Shaddod ona”, Bertold Brextning shu nomli pyesasi asosida.

Bu asar “Ilkhom” teatri va “Diydor” teatr-studiyasining hamkorlikdagi loyihasidir.

Brext tomonidan o‘sha davr muammolariga bag‘ishlab yozilgan asar hozirda ham dolzarb bo‘lib qolmoqda.

Chunki, unda tasvirlangan o‘sha “o‘ttiz yillik urush” hali ham davom etmoqda. Uning boshi ham, poyoni ham yo‘q. Bu urush xuddi lupa kabi, insonda bor barchasi — yaxshi hislatlar va illatlarni yaqindan, kattalashtirib ko‘rsatadi.

Postanovkachi-rejissyor: Boris Gafurov.

Spektakl rus tilidagi subtitrlar bilan, o‘zbek tilida bo‘lib o‘tadi.

Foydali ma`lumot
Yosh chegarasi:
16+ yoshdan