"G'alaba parki" yodgorlik majmuasi

Ssh 5.01.2021 09:00 - Jm 31.12.2021 18:00

G'alaba bog'i

UZS 2 000 - 80 000

Chiptalar qaytarib olinmaydi.


G'alaba bog'i (6+)
09:00, 5-31 Ynv 2021
2 000 - 30 000 UZS

G'alaba bog'i

Xarid qilish
“Shon-sharaf” muzeyi (6+)
09:00, 5-31 Ynv 2021
4 000 - 50 000 UZS

G'alaba bog'i

Xarid qilish
G'alaba bog'ida ekskursiya xizmatlari (6+)
09:00, 5-31 Ynv 2021
10 000 - 80 000 UZS

G'alaba bog'i

Xarid qilish
“Shon-sharaf” muzeyida ekskursiya xizmatlari (6+)
09:00, 5-31 Ynv 2021
20 000 - 80 000 UZS

G'alaba bog'i

Xarid qilish
Tadbir Til O`tkazish joyi Narx
G'alaba bog'i (6+) - 09:00, 5-31 Ynv 2021
G'alaba bog'i
2 000 - 30 000 UZS Xarid qilish
“Shon-sharaf” muzeyi (6+) - 09:00, 5-31 Ynv 2021
G'alaba bog'i
4 000 - 50 000 UZS Xarid qilish
G'alaba bog'ida ekskursiya xizmatlari (6+) - 09:00, 5-31 Ynv 2021
G'alaba bog'i
10 000 - 80 000 UZS Xarid qilish
“Shon-sharaf” muzeyida ekskursiya xizmatlari (6+) - 09:00, 5-31 Ynv 2021
G'alaba bog'i
20 000 - 80 000 UZS Xarid qilish

Oʼtgan yili Prezidentimiz tomonidan ulkan bogʼ barpo etib, xalqimiz qahramonligini abadiylashtirish tashabbusi ilgari surilgan edi.

Shundan soʼng, ilmiy-ijodiy jamoatchilikning takliflari, xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida badiiy-meʼmoriy kontsepsiya ishlab chiqildi. Davlatimiz rahbari bu boradagi loyihalar bilan bir necha bor tanishdi. Toshkent shahrining Olmazor tumanida 12 gektardan ziyod joy ajratilib, ulkan qurilish-obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Natijada bunyod etilgan Gʼalaba bogʼi Oʼzbekiston xalqi Ikkinchi jahon urushida gʼalabani taʼminlashga qoʼshgan ulkan hissasini, jasoratini bor koʼlami bilan koʼrsatib beradigan yaxlit majmuaga aylandi.

Elimizning bu jasorati, mehr-muruvvat va insonparvarlik fazilatlari hali hamon shon-sharaf maktabi, gʼurur-iftixor manbai boʼlib kelmoqda. Vaqt oʼtgani sayin bu oʼlmas qadriyatlarning ahamiyati tobora ortib bormoqda.

Shon-sharaf muzeyida esa ana shunday shonli tarix oʼz ifodasini topgan. Tarixiy fakt va voqealar zamonaviy texnologiyalar, interaktiv usullar yordamida aks ettirilgan.

Shon-sharaf muzeyida esa ana shunday shonli tarix oʼz ifodasini topgan. Tarixiy fakt va voqealar zamonaviy texnologiyalar, interaktiv usullar yordamida aks ettirilgan.

Shu vaqtga qadar Ikkinchi jahon urushida Oʼzbekistondan 1 million 500 mingga yaqin kishi ishtirok etgan, deb hisoblanar edi. Yangi topilgan maʼlumotlarga koʼra, 1 million 951 mingga yaqin kishi urushga safarbar etilgani aniqlandi. Shuningdek, 200 mingdan ziyod askar va ofitserlarimiz jangovar davlat mukofotlari bilan taqdirlangani hujjatlar orqali oʼz tasdigʼini topdi.

Minglab urush qatnashchilari Oʼzbekistonda tashkil etilgan harbiy gospitallarda davolangan. Yangi aniqlangan maʼlumotlarga koʼra, urush oʼchogʼiga aylangan oʼlkalardan yurtimizga 1 million 500 ming kishi, jumladan, 250 mingdan ziyod bola evakuatsiya qilingan. Xalqimiz ularga oʼz uyidan joy berib, soʼnggi burda nonini ham baham koʼrgan.

Muzey oltita boʼlimdan iborat boʼlib, 1-boʼlimda respublikamiz aholisining frontga safarbar etilishi, jang maydonlaridagi jasorati aks ettirilgan. Ikkinchi boʼlim “Oʼzbekiston – front uchun ishonchli tayanch qoʼrgʼoni” deb nomlangan. Keyingi boʼlimda urush yillarida yurtimizdagi ilm-fan, taʼlim, madaniyat, sogʼliqni saqlash sohalari namoyish etilgan. 4-boʼlim “Urush va gʼalaba haqida xotiralar, xalqning quvonch va shodligi” deb atalgan boʼlsa, navbatdagi shoʼʼbada urush yillaridagi badiiy adabiyot, sanʼat va matbuot haqida hikoya qilingan. “Mardlar jasorati mangu yashaydi” nomli 6-boʼlimdan 33 jildlik “Xotira” kitobi, shuningdek, bayram munosabati bilan nashr etilgan kitob-alьbom va boshqa eksponatlar oʼrin olgan.

Foydali ma`lumot

Chipta narxiga hizmat haqi qo`shiladi 10% (QQS 15%) har bir chipta uchun

Yosh chegarasi:
6+ yoshdan
Tadbirning davomiyligi:
5 Ynv 9:00 - 31 Dek 18:00
5 Ynv 9:00 - 31 Dek 18:00
5 Ynv 9:00 - 31 Dek 18:00
5 Ynv 9:00 - 31 Dek 18:00
O`tkazish joyi

G'alaba bog'i

Manzil
Olmazor Qoraqamish ko'chasi, Qoraqamish-2/1 daxasi
Telefon