Bibixonim maqbarasi

Chsh 1.02.2023 09:00 - Ysh 31.12.2023 17:00

Bibixonim majmusi

2 000 - 5 000 UZS

Chiptalar qaytarib olinmaydi.

  • Amir Temur jome masjidining kunchiqar tomonida bundan 6 asr avval barpo qilingan, Amir Temurning suyukli va xotini zukko, tadbirkor hamda oqila Saroymulkxonim-Bibixonim abadiy uyquda yotibdi.

    Bibixonim maqbarasi haqidagi ilk ma’lumotlarni 1404-yili Samarqandga tashrif buyurgan Kastiliya qiroli Genrix III ning elchisi Rui Gonsales de Klavixoning kundaliklaridan oʻqishimiz mumkin. Maqbara qurilganda hashamatli va mahobatli boʻlgan, uning devorlari rang-barang koshinlar, naqshlar hamda Qur’ondan keltirilgan oyatlar bilan bezatilgan. Maqbaraning ichki tuzilishi 2 qavatli pastda sag’ana, tepada esa ziyoratxona joylashgan.

    1941-yili arxeolog Yahyo ulomov rahbarligidagi olimlar maqbarada qazish ishlarini olib borishib, ular maqbaraning XI-XII asrlarga oid madaniy qatlam ustida bunyod qilinganligini aniqladilar. 1941-yilning iyun oyida Y.ulomov boshchiligidagi arxeologlar maqbaradagi qabrlarni ochib oʻrgandilar. S.A. Lapinning yozishicha, u 1889-yili maqbaraga kirganida ushbu tobutning ustida yozuv bitilgan tosh qopqoqni koʻrganligini yozib qoldirgan. 1926-yili rassom I.Mrachkovskiy maqbarada tadqiqot oʻtkazganida, bu yozuvli taxta oʻgʻirlanib, uning o’rniga oddiy, yozuvsiz qopqoq qoʻyilganligini yozgan edi. Haykaltarosh M.Gerasimov marhumaning hujjatli portretini yaratdi.

    Tarixchilarning yozishlaricha, Bibixonim XIV asrning 40-yillarida Movorounnahrga xonlik qilgan Chigʻatoy xonadoniga mansub amir Qozonxonning qizi boʻlgan. Taxminlarga koʻra u 1341-yili hozirgi Qashqadaryo vohasidagi Zanjirsaroyda tavallud topgan. U balogʻatga yetgach amir Qozogʻonning nabirasi Husaynga turmushga beradilar. 1370-yili amir Husaynldirilgach, Bibixonim Amir Temurga turmushga chiqadi.

O`tkazish joyi

Bibixonim majmusi

Manzil
Samarqand shahri I.Karimov ko‘chasi
Foydali ma`lumot
Tadbirning davomiyligi:
1 Fev 9:00 - 31 Dek 17:00
Chiptani qaytarib berish haqida ma'lumot:
Tadbir kuni ko'chirilgan yoki bekor qilingan taqdirda, pulni qaytarish jarayoni 14 ish kuni ichida amalga oshiriladi