Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyi
Chsh 28.12.2022 09:00 - Ysh 31.12.2023 17:00
Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyi
2 000 - 30 000 UZS
Chiptalar qaytarib olinmaydi.
-
Mahmudxoʻja Behbudiy uy-muzeyi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-apreldagi 206-sonli qarori asosida 2021-yilning 18-oktyabr kuni tashkil qilingan.
Muzeyning ochilish marosimi 18-oktyabr - Samarqand shahri kunida oʻtkazilgan.
Uy-muzeyi mashhur ma’rifatparvar, dramaturg, jurnalist va noshir hisoblangan Mahmudxo‘ja Behbudiyning ijodiy faoliyatini ilmiy o‘rganish va keng targ‘ib etishda ilmiy-ma’rifiy maskanlardan biri hisoblanadi.
Muzeyda qurilgan ekspozisiyalar ilmiy konsepsiyaga asoslangan bo‘lib, unda M.Behbudiy hayoti va ijodi, jadidchilik tarixi, XX asr boshlaridagi madaniy-ma’rifiy voqeliklar, muzey ashyolari, hujjatlar, foto nushalar va boshqa ashyolar namoyish etilgan.
O`tkazish joyi

Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyi
- Manzil
- chi eski Doshkolnaya binosi, Xasan Obiddinov koʻchasi, 7, Samarqand, Узбекистан
Foydali ma`lumot
- Tadbirning davomiyligi:
- 28 Dek 9:00 - 31 Dek 17:00
- Chiptani qaytarib berish haqida ma'lumot:
- Tadbir kuni ko'chirilgan yoki bekor qilingan taqdirda, pulni qaytarish jarayoni 14 ish kuni ichida amalga oshiriladi