Professional Boks Kechasi

Shan 3.04.2021 17:00

Professional vazndagi sakkizinchi jangida ikki vazn toifasidagi bokschi Murodjon Ahmadaliyev Amerikalik bokschi
Daniel Romanni mag'lubiyatga uchratdi va IBF va WBA Super jahon chempionlik unvonlari sohibi bo'ldi.
Ushbu jang 2020 yil 30 yanvar kuni Mayami (Florida shtati AQSH) shahrida bo'lib o'tdi.

Murodjon Ahmadaliyevning g'labasining o'ziga xosligi shundaki, u O'zbek boks tarixida birinchi bor
Professional boksdagi ikkita yetakchi versiyasida Jahon Chenpioni bo'ldi.
Shuningdek 1978 yilda Muhammad Ali ni sakkizinchi jangida yengib, ikki titulni qo'la kiritgan Leon Spinks rekordini yangiladi.

Reglamentga ko'ra, M. Axmadaliev IBF tomonidan o'z nomini himoya qilishi kerak.
Uning raqibi, Yaponiya vakili Ryosuke Ivasa norasmiy ravishda o'z vazn toifasida jahon reytingida uchinchi o'rinni egallab turibdi.
Uzoq davom etgan muzokaralardan so'ng O'zbekistonda WBA va IBF ikkala unvonlarini himoya qilish uchun
Murodjon Ahmadaliyev va Resuke Ivasada o'rtasida majburiy jang o'tkazish to'g'risida qaror qabul qilindi.

Joriy yilning 3 aprel kuni Matchroom promouterlik kompaniyasi (AQSh) bilan birgalikda O'zbekistonda noyob sport musobaqasi-
eng yaxshi o'zbek bokschilari ishtirokidagi professional janglarni, shu jumladan asosiy voqea sifatida
Murodjon Ahmadaliyev va Ryosuke Ivasa o'zaro jangni tashkil etish va o'tkazish rejalashtirilgan.

Shuningdek, tadbir doirasida Isroil Madrimov, Shahram G'iyosov, Bahodir Jalolov, Elnur Abduraimov, Xasanboy Dusmatov,
Sanjar Tursunov, Iqboljon Xoldorov va Mirazizbek Mirzaxalilovning janglari bo'lib o'tadi.

Foydali ma`lumot
Yosh chegarasi:
6+ yoshdan