Не может быть

Tadbir haqida

«Bo‘lishi mumkin emas!» — musiqiy spektakl

«Bo‘lishi mumkin emas!» — O‘zbekiston Davlat musiqali komediya (operetta) teatri sahnasida namoyish etilayotgan har bir voqeadan so‘ng beixtiyor aytginingiz keladigan so‘zlar.

Bu Mixail Zoshchenko asarlari asosida yaratilgan, Gulruh Najidova rejissyorligidagi, Aleksandr Zatsepin musiqalari bilan bezatilgan yorqin musiqiy spektakl. Uch xil voqeani hazil-mutoyiba, muhabbat, kutilmagan burilishlar va ishonish qiyin bo‘lgan vaziyatlar birlashtiradi.

Qahramonlar eng kulgili va g‘ayrioddiy holatlarga tushib qoladilar: kimdir kutilmagan muammolarni hal qilishga urinadi, kimdir munosabatlarning nozik jihatlari bilan kurashadi, yana kimdir bir necha kunlik tanishuvdan so‘ng turmush qurishga qaror qiladi.

Kinoya, musiqa, yorqin aktyorlik mahorati va haqiqiy teatr yumori — bu oqshom sizga yengil, quvnoq va unutilmas taassurotlar ulashadi.

Yosh cheklanishlari / Til

16
Не может быть Не может быть

Tadbir bo'lib otadigan joy
Узбекистан, город Ташкент, Чиланзарский район, станция метро «Мирзо Улугбек», улица Чопон Ота, «Ц» квартал