O‘zbekistonga ilk bor jahonga mashhur olim, “Mamlakatlar tanazzuli sabablari” (Why Nations Fail) kitobi hammuallifi, Chikago universiteti professori Jeyms Robinson kelmoqda va u bilan talabalar, olimlar, ijtimoiy fikr yetakchilari, moliya-iqtisodiyot sohasi hamda ishbilarmon doiralar vakillari uchrashuvi tashkil etiladi.
Uchrashuvda o‘zbekistonlik iqtisodchilar – Viskonsin universiteti doktoranti, “Iqtisodchi kundaligi” blogi muallifi Behzod Hoshimov va Harvard universiteti doktoranti, “Uzbekonomics” blogi Botir Qobilov ham ishtirok etadilar.
Tadbir ishtirokchilari uchun qulay tilda (o‘zbek / rus) sinxron tarjima ta’minlanadi.
Uchrashuv 17-mart soat 17:30da “Intercontinental Hotel Tashkent” mehmonxonasida (Trilliant) bo‘lib o‘tadi.