MAKON Marketing Forum 2019

Город Самарканд

Shan 2.11.2019 09:00

Yoshlar Markazi

120 000 - 290 000 UZS

Chiptalar qaytarib olinmaydi.

  • MAKON Marketing Forum 2019 birinchi milliy biznes-forumi mamlakatning yetakchi ekspertlarini jamlaydi. Birinchibor Toshkentda va Samarqandda o‘zbektilidagi keng ko‘lamli tarmoq tadbiri o‘tkaziladi.

    FORUMDA QATNASHISH SIZGA NIMA BERADI:

    Yetakchi ekspertlar

    Barcha ma’ruzachilar marketing, boshqaruv vasotuvlarni oshirish borasidagi e’tirof etilgan amaliyotchi ekspertlar sanaladi.

    SAMARQAND DASTURI 2 NOYABR, 2019

    9:00 – 10:00 Ro’yhatga olish

    10:05 – 10:40 MAKON Marketing Forumning ochilish marosimi

    10:40 – 11:20 Murodxon Nazarov, Murad Buidings

    Marketing – Murad Buildings nazarida

    11:20 – 12:00 Muhammad Ali Shakirov, Shak’s media

    Tajriba asosidagi samarali reklama usullari

    12:00 – 12:30 Kofe breik

    12:30 – 13:10 Aziz Gapparov, Business Navigator Consulting

    Marketing strategiyasining biznesdagi ahamiyati

    13:10 – 13:50 Baxtiyer To’xtayev, Pro marketing

    Xaridorni anglashva marketing tadqiqoti – muvaffaqiyat garovi.

    13:50 – 14:30 Temur Sa’diy, MA’NO Branding

    Daromadni oshiruvchi tizim — brending

    14:30 – 15:00 Kofebreik

    15:00 – 15:40 Bahodirxon Foziilxo'jayevMaster Expert Partners

    O’zbekcha marketing bormi? Bo'lsa, u qanday?

    15:40 – 16:20 Akmal Nasridinov, Marketbridge

    Savdoni oshirishni amaliy vositalari

    16:20 – 17:00 Аlisher Isaev, SAP

    Muvaffaqiyatli sotish sirlari

    17:00 – 17:15 Hamkorlardan sovrinlar, yutuqlio’yinlar

    Yangi g‘oyalar

    Raqobatchilardan qanday o‘zibketishni o‘ylayapsizmi? Ekspertlarimiz bunga qanday erishganliklarini birko‘ring. Boshqalar tajribasini o‘rganish, marketing va reklama bo‘yicha dolzarb bilimlar hamda yangi vositalarga ega bo‘lish yangicha g‘oyalar yuzaga kelishiga sababbo‘ladi. Forumda qatnashgach, ularni bemalol o‘zfaoliyatingizda qo‘llayvering.

    Eng yangi keyslar

    Ma’ruzachilar dolzarb keyslar, sotuvlarni oshirishning muayyan uslubi yotlarini qo‘llash namunalari bilan bo‘lishadilar, yangi g‘oyalar va yechimlarga ruhlantiradilar, O‘zbekistonda marketing sohasi o‘zgarishlari va kelajagi haqida so‘zlabberadilar.

    Faqat amaliyot

    Forum ma’ruzachilari o‘zmahsulotlarini sotmaydilar, ular shaxsan o‘zlari nima qilganliklari haqida gapiradilar, nostandart kreativ yechimlardan so‘zlabberadilar va o‘z g‘oyalaringizni qanday qilib amalga oshirish haqida qimmatli maslahatlar beradilar.

    Ishtirokchilarga sovrinlar va sovg‘alar

    Barcha ishtirokchilar konferensiya davomida sovrinlar yutib olishlari mumkin.

    Netvorking

    Maxsus netvorking-sessiya tashkil etiladi, unda barcha ishtirokchilar maxsus texnologiya asosida bir-birlari bilan tanishadilar. Qaror qabul qiluvchi besh yuzdan ziyod shaxsning birjoyda jamlanishi – bu yangi sheriklar va yangi mijozlar topish uchun ajoyib imkoniyatdir.

    Yangi imkoniyatlar

    G‘oyalar va tajriba yangi imkoniyatlarga eltadi. MAKON Marketing Forum 2019 ga tashrifingiz kompaniyangiz va karerangiz taraqqiyotining yangi yuksalish nuqtasi bo‘lishiga ishonamiz. Ilgarilatishning yangi vositalarini tatbiqeting, ishingiz unumini oshiring, o‘zingiz uchun marketing, reklama va sotuvda yangi istiqbollarni oching.

    Forum kimga va nima uchun kerak?

    • kompaniyalar egalariga – biznesni rivojlantirishda yangi g‘oyalar olish uchun;
    • kompaniyalar direktorlariga – o‘zafzalliklarini anglab yetish imkoniyati va qo‘shimcha imkoniyatlar uchun;
    • tijorat direktorlariga – kompaniyalarining samarali rivojlanishi uchun;
    • marketing mutaxassislariga tendensiyalardan xabardor bo‘lish va sotuvlarni oshirish maqsadida yangi vositalardan foydalanishni o‘rganish uchun;
    • startapchilarga – marketing asoslari va ularning biznes rivojidagi roli bilan tanishish uchun;
    • tadqiqotchilarga – bahs-munozaralarda qatnashish imkoniyati uchun;
    • brend-menejerlarga – brending sohasida yangi g‘oyalarga ega bo‘lish uchun;
    • sotuvlar bo‘yicha menejerlarga – sotuvlarni oshirishning yangi amaliy vositalariga egabo‘lish uchun;
    • mahsulot bo‘yicha menejerlarga – mahsulotni qanday ilgarilatish ma’qulligini bilish uchun;
    • shuningdek, professional o‘sishni, o‘z biznesini rivojlantirishni istagan barchaga.

    MAKON Marketing Forum 2019da qatnashish – bu mutaxassislarbilan tanishish imkoniyati, muvaffaqiyatli, real keyslar haqida tinglash, marketing va reklama sohasidagi tendensiyalardan xabardorlik darajasini oshirish, insayd-ma’lumotlar va g‘oyalar olish imkoniyatidir.

O`tkazish joyi

Yoshlar Markazi

Manzil
Самарқанд шаҳар Абдураҳмон Жомий (А.Жомий) кўчаси 63-уй, Самарқанд шаҳар Ёшлар Маркази биноси.
Foydali ma`lumot
Tadbirning davomiyligi:
9:00 - 18:00 - Shan, 2 Noy