Xalqaro anjumanlar saroyida

“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi 2009 yil 28 avgust kuni Toshkent shahri markazida qad rostladi.

Davlatimiz rahbari g‘oyasi asosida bunyod etilgan “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi o‘zida milliy va zamonaviy me’morchilik uslublarini mujassam etgan.

Amir Temur xiyoboni me’moriy ansamblining durdonasiga aylangan mazkur saroy o‘z mahobati, salobati, betakror tarixi, zamonaviy landshaft dizayni bilan Toshkent shahri chiroyiga chiroy qo‘shdi.

Ushbu bunyod etilgan mazkur muhtasham saroy o‘zida milliy va zamonaviy me’morchilik uslublarini mujassam etgan. Saroyning devorlaridagi serjilo naqshlar, mahobatli marmar ustunlar, diametri 53 metrlik gumbaz me’morchilik bobida ham dunyo ahlini lol qoldirgan ajdodlarimizning asriy an’analari bardavom ekanidan dalolatdir.

“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyining balandligi 48 metr. U 300 o‘rinli majlislar zali, 300 o‘rinli qabullar zali va 1800 o‘rinli anjumanlar zaliga ega.

O`tkazish joyi

Xalqaro anjumanlar saroyida

Manzil
1 Istiqbol ko'chasi, Toshkent
Telefon
+998 71 232 86 57

Tadbirlar

Eng ko`p sotilgan
Kirill Rixter
15 Dekabr
100 000 - 600 000 UZS
Xarid qilish