"Xalqlar do'stligi" saroyi

U 1980 yilda arxitektor Evgeniy Rozanov tomonidan ishlab chiqilgan loyiha asosida barpo etilgan. 1977 yilda Chilonzor yo’lida tashkil etilgan metro bekati ham “Xalqlar do’stligi” nomi bilan atalgan bo’lib, unda maydonga chiqish yo’lagi ham mavjuddir. Saroy oldidagi maydonda haykaltorosh D. B. Ryabicheva, hamda, L. T. Adamova va S. R. Adilova arxitektorlari asari bo’lmish Shamaxmudovlar oilasiga qo’yilgan haykal, Xalqlar do’stligi haykali sifatida e’tirof etiladi.


O'zbekiston Respublikasi hududida toponomik obyektlarning nomlarini tartibga solish Respublika komissiyasining 2008-yil, 7-apreldagi 07-5-16-sonli bayonnomasiga muvofiq tarzda, saroy «Istiqlol saroyi» nomiga o'zgartirildi.
2018-yilning 26-aprel kuni bo'lib o'tgan video-selektr majlisida O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev sobiq nomni qaytarishni taklif qildi.


Xalq deputatlarining Toshkent shahar kengashi 3-may kuni bo’lib o’tgan 36-sessiyada Istiqlol saroyiga "Xalqlar do'stligi" deb nomi berilishini tasdiqladi.


Qayta qurishdan so'ng saroy zali o’ziga 3,968 kishi sig’dira oladigan bo’ldi. Kompleksning umumiy maydoni 12,000 kvadrat metrni tashkil etadi va 2,208 kvadrat metrdan iborat bo’lmish konsert zalini, 1,152 kvadrat metrlik sahnani, 700 kvadrat metrlik banket zalini, besh qavatli ma'muriy bino, kiyim-kechak xonasi va ovqatlanish birligini o’z ichiga oladi.


"Xalqlar do'stligi" saroyi O'zbekistonning asosiy xalqaro va respublika forumlari o'tkaziladigan kontsertlar zali hisoblanib, u yerda taniqli xorijiy va respublika forumlari bo’lib o’tadi va taniqli xorijiy hamda mahalliy estrada xonandalari va ijodiy jamoalarning chiqishlari uyushtiriladi.

O`tkazish joyi

"Xalqlar do'stligi" saroyi

Manzil
Toshkent, Chilonzor tumani, Furqat ko'chasi, 3
Telefon
(+998 71) 245 02 67

Tadbirlar

Ommabop
24 May
112 000 - 670 000 UZS
Xarid qilish