Mirzabek Xolmedov institutni tugallab, oʻzining shaxsiy „Mirzo teatri“ nomli teatriga asos soldi. Jamoa tarkibiga oʻzidan tashqari, talabalik yillarida tanishgan ikki nafar Oʻzbekistonlik qiziqchi Shukurillo Isroilov va Valijon Shamshiyevlarni qoʻshdi va bu jamoani yillar davomida yangilab, kengaytirib bordi. Uning teatridagi faoliyati spektaklni sahnalashtirishga qaratilgandir. Mirzabek Xolmedovning aytishicha u rus tilida rep yozishga va kuylashga harakat qilgan, lekin ushbu yoʻnalishdagi ijodi uzoqqa choʻzilmagan. Oʻzbek tilida bir qancha rep va pop janrida qoʻshiqlari mavjud. 1986-yilda oʻzbek xonandasi Rustam Gʻoipov ijro etgan „Davraga tush“ qoʻshigʻi Mirzabek Xolmedov yozgan sheʼr asosida bastalangan

from 50 000 UZS
from 230 000 UZS
from 2 000 000 UZS
Sold out
from 55 000 UZS
from 80 000 UZS