«O‘zbek kinosi musiqasi»
Dastur o‘zbek kinematografiyasining afsonaviy durdonalariga bag‘ishlangan musiqiy kechani taqdim etadi. Bolalikdan tanish va sevimli bo‘lgan, o‘zbek kinosi tarixida unutilmas iz qoldirgan mashhur kuy va musiqalar uzoq tanaffusdan so‘ng ilk bor ekranlardan chiqib, keng ko‘lamli jonli ijroda yangraydi.
Davlat akademik xalq cholg‘ulari orkestri ijrosida «Shum bola», «Abdullajon», «Mahallada duv-duv gap», «Kelinlar qo‘zg‘oloni», «Shaytanat», «Osmondagi bolalar» kabi mashhur filmlar va boshqa ko‘plab kartinalardan o‘chmas musiqalar yangraydi.
Dirijyor — Sherhod Shavrikov

from 52 500 UZS
from 800 000 UZS
from 35 000 UZS
from 20 000 UZS
from 500 000 UZS