3-may kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan Xalqaro jaz festivali dasturida dunyoga mashhur amerikalik jaz ijrochisi Gregori Porterning konserti bo‘lib o‘tadi.
2013-yilning 2-sentabrida musiqachi uchun muhim ijod bosqichi bo‘lgan edi: u Porterga ilk “Grammy” g‘alabasini keltirgan va jaz musiqasi uchun noyob tijorat muvaffaqiyatiga erishgan “Liquid Spirit” albomini chiqaradi. “Liquid Spirit” 100 mingdan ortiq nusxada sotilib, Buyuk Britaniyaning eng yaxshi 10 ta xit albomi ro‘yxatiga kiradi. Porterning “Take Me to the Alley” nomli to‘rtinchi albomi 2016-yil 6-mayda muxlislarga havola etiladi. Bu xonandaga eng yaxshi jaz vokal albomi uchun ikkinchi “Grammy” mukofotiga sazovor bo‘lishiga yetaklaydi.