
MALEVO — FOREVER GAUCHO

MALEVO — FOREVER GAUCHO
Tavsif
O‘zbekistonda ilk bor! MALEVO — FOREVER GAUCHO. Dunyoni zabt etgan Argentina ehtirosi Toshkentda!
2027-yil 3-aprel | 19:30 | Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyi («Panorama»)
O‘zbekistonda ilk bor! 2027-yil 3-aprel kuni Toshkent dunyoga mashhur argentinalik MALEVO jamoasini qabul qiladi. Jamoa o‘zining hayratlanarli FOREVER GAUCHO shousini taqdim etadi.
Bu shunchaki raqs tomoshasi emas. Bu ritm, musiqa, harakatlar, mislsiz jismoniy energiya va Argentina temperamentining kuchli uyg‘unligi bo‘lib, ulkan sahna shousida mujassam etgan.
MALEVO tomoshabinlarni Argentina an’analari olamiga olib kiradi. Bu yerda har bir baraban zarbi, har bir harakat va har bir ritm hayajonli tomoshaning bir qismiga aylanadi. Shou asosida an’anaviy argentinalik malambo raqsi, baraban chalish mahorati, ta’sirchan xoreografiya va an’anaviy argentinalik uloqtiriladigan qurollar — boleadoras bilan namoyish etiladigan ajoyib mahorat yotadi.
Barabanlar qudrati. Raqs mahorati. Argentinaning haqiqiy ruhi.
2015-yilda rejissyor, xoreograf va raqqos Matias Xayme tomonidan asos solingan MALEVO jamoasi zamonaviy Argentina sahna san’atining eng taniqli vakillaridan biriga aylandi.
Jamoa 2016-yilda Amerikaning America’s Got Talent televizion shousida ishtirok etib, yarim finalga qadar yetib borganidan so‘ng xalqaro miqyosda shuhrat qozondi. 2017-yilda esa Argentina milliy madaniyatini xalqaro maydonda targ‘ib qilishga qo‘shgan hissasi uchun Marca País Argentina brendining rasmiy elchisi maqomiga ega bo‘ldi.
MALEVO yutuqlari qatoriga Avstraliyadagi afsonaviy Sydney Opera House sahnasida, Londondagi Peacock Theatre’da, shuningdek, Shimoliy Amerika, Yevropa, Osiyo va Yaqin Sharqning yetakchi sahnalarida chiqishlari kiradi.
Jamoa Cirque du Soleil bilan hamkorlik qilgan, xalqaro madaniy loyihalarda qatnashgan va nufuzli jahon tadbirlarida chiqish qilib, Argentina san’atini millionlab tomoshabinlarga namoyish etgan.
FOREVER GAUCHO — an’anaviy Argentina madaniyati va zamonaviy sahna estetikasining uyg‘unligi. Kuchli zarbli cholg‘ular, o‘nlab artistlarning sinxron harakatlari, maftunkor plastika va aql bovar qilmas energiya ilk daqiqalardanoq tomoshabinni o‘ziga rom etib, finalgacha hayajonda ushlab turadi.
3-aprel kuni Toshkent aholisi va mehmonlari MALEVO jamoasini O‘zbekistonda ilk bor tomosha qilish hamda zamonaviy jahon ko‘ngilochar industriyasining eng o‘ziga xos sahna shoularidan biri bilan tanishish uchun noyob imkoniyatga ega bo‘ladilar.
Bu — o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishga arziydigan oqshom!
