Umumiy shartlar
iTicket.uz vebsaytidan foydalanib, siz O'zbekiston Respublikasining vebsayt faoliyatini nazorat qiluvchi barcha qonunlarga hamda quyida keltirilgan qoidalarga amal qilish majburiyatini qabul qilasiz
Savdo belgilari
Ushbu saytdagi iTicket.uz logotiplari iTicket.uz ning rasmiy ro'yxatdan o'tkazilgan savdo belgisi bo’lib, ulardan iTicket.uz ning oldindan berilgan yozma roziligisiz hech qanday sharoitlarda foydalanish mumkin emas
Mualliflik huquqi
Ushbu saytdagi barcha axborot va dasturiy ta'minot iTicket.uz mulki hisoblanadi va ular mualliflik huquqi bilan himoyalanganlar. Ushbu qoida va shartlarda keltirilgan ba’zi qisman litsenziya taqdim etilgan holatlaridan tashqari, iTicket.uz – savdo belgilarida, mualliflik huquqlarida yoki boshqa maxfiy ma’lumotlarda aniq yoki nazarda tutilgan huquqlarni taqdim qilmaydi.
Ruxsat berilgan holatdagi foydalanish
Siz ushbu saytga o’zingizning shaxsiy foydalanishingiz uchun kirish, ko’rib chiqish, sahifalar nusxalarini saqlashga hamda iTicket.uz bilan maxsus kelishuv bo’lmagan holatda, reklama va e’lon qilishdan boshqa maqsadlarda sayt ma’lumotlarini ko’paytirmaslik, yuklab olmaslik, o’zgartirmaslik, nashr qilmaslik yoki turli yo’llar orqali tarqatmaslikka rozilik bilidrasiz.
Izoh: Saytdan noqonuniy va / yoki ruxsatsiz foydalanilish, jumladan, boshqa narsalar bilan birga, ruxsat etilmagan chipta savdosi yoki saytdagi har qanday robot va biron bir boshqa avtomatlashtirilgan qurilmalarni ruxsatsiz ishlatilishi tergov ishlarining olib borilishiga hamda huquqbuzarlik holatlari aniqlangan holatlarda esa tegishli qonuniy choralar ko’rilishiga sabab bo’ladi.
Ommaviy taklif bilan tanishish uchun havolani bosib, hujjatni yuklab oling: Ommaviy taklif