O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi “Gustav Klimt va buyuk impressionistlar” nomli yangi multimedia ko‘rgazma loyihasini taqdim etadi.
Multimedia namoyishi ikki qismdan iborat. Birinchi qism XIX–XX asrlar sarhadida qalqib chiqqan diqqatga molik sanʼat yo‘nalishiga mansub impressionist rassomlar ijodiga bagʻishlangan boʻlsa, ikkinchisi esa mashhur avstriyalik rassom Gustav Klimtning hayoti va ijodi xususida hikoya qiladi.
Zamonaviy texnologiyalar sharofati ila Yevropa rangtasvirining durdona asarlaridan nafaqat dunyodagi eng muhtasham muzeylar zallarida, balki “O‘ZEKSPOMARKAZ”ning ulkan ekranlarida ham bahramand bo‘lish mumkin. Ko‘rgazmada tarixda o‘chmas iz qoldirgan o‘nlab suratlar tasviriy aks-ta’sirlar bilan boyitilgan holda musiqa taronalari ostida namoyish etiladi.
Ko‘rgazma 2023-yilning 10-iyunidan 10-sentabriga qadar “O‘ZEKSPOMARKAZ”ning 5-pavilionida san’at ixlosmandlariga muntazir.
Ko'rgazma soat 10:00 dan 20:00 gacha 10 daqiqalik tanaffuslar bilan davom etadi
Juma kunlari - kirish bepul;
Juma, shanba va yakshanba kunlari qabul birinchi kelgan, birinchi bo'lib xizmat qiladi;
boshqa kunlarda - 20 000 so'm;
maktab o‘quvchilari, talabalar va nafaqaxo‘rlar uchun Iticket kassalarida chipta sotib olishda - 50% chegirma;
maxsus maktablar va maktab-internatlar talabalari - kirish bepul;
10 yoshgacha bo'lgan bolalar - kirish bepul.