YILNING ENG KUTILGAN VOQEASI!
O‘zbekiston davlat sirki sahnasida «Ipak yo‘li» xalqaro sirk san’ati festivali bo‘lib o‘tadi!
Unda dunyoning 10 dan ortiq mamlakatidan kelgan iste’dodli artistlar — O‘zbekiston, Meksika, Malayziya, Ispaniya, Vengriya, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va boshqa davlatlar vakillari ishtirok etadi.
Akrobatlar, gimnastikachilar va o‘rgatilgan hayvonlar ishtirokidagi ajoyib chiqishlar tomoshabinlarni sehrli illyuziyalar va bolalikning unutilmas olamiga chorlaydi!