Xalqaro reklama konferentsiyasi TAF! 21

Shan 9.10.2021 09:30

Hyatt Regency Toshkent

500 000 - 1 500 000 UZS

Chiptalar qaytarib olinmaydi.

  • Uchinchi TAF!21 Toshkent reklama festivali – O‘zbekistondagi yagona xalqaro reklama bayrami. Festival doirasida 9-oktyabrda “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida xalqaro reklama konferensiyasi, ABC-shou va TAF!21 eng yaxshi reklama tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.

    TAF!21 — bu kompaniya egalari va rahbarlari, direktorlar va marketing bo‘yicha mutaxassislar, brend-menejerlar va o‘z biznesini rivojlantirishni istagan barcha uchun xalqaro tajriba hamda real keyslar bilan tanishish, samarali kommunikatsiyalar, reklama, brending va ilgarilatish strategiyasi borasidagi mashhur ekspertlarning ma'ruzalarini tinglashning qulay imkoniyatidir.

    Konferensiyaga chipta xarid qilish orqali siz noyob ABC Show – eng yaxshi jahon reklamasi kolleksiyasini tomosha qilish, g‘oyalardan ruhlanish va ijobiy hislarga to‘lish imkonini qo‘lga kiritasiz!

    Chipta narxiga, shuningdek, mamlakatning eng yaxshi brendlari qatnashadigan TAF!21 eng yaxshi reklama tanlovining g‘oliblarini taqdirlash marosimida qatnashish ham kiritilgan.

    https://marketing.uz/uz/uchinchi-taf-toshkent-reklama-festivali-2021/ 

    Konferensiya dasturi 

    9:30 - 10:00  Ro‘yxatga olish. Welcome coffee

    10:00 - 10:30 Tashkilotchilar va hamkorlar tabrik so‘zlari

    10:30 - 11:15 Valentin Panyuta. Brand Leader, co-CEO Fedoriv agency (Ukraina) 

    Aslida reklama qanday ishlaydi

    11:15 - 12:00 O‘zbekinvest. Rustam Xoliqov "O'zbekinvest" sug'urta kompaniyasi Bosh direktori birinchi o'rinbosari

    Iroda Orifxodjaeva "O'zbekinvest" sug'urta kompaniyasi marketing va chakana sug'urta biznesini rivojlantirish Departamenti boshlig`i

    Sug'urtaning kelib chiqish va shakllanish Afsonasi.

    Qadrli insonlarga g'amxo'rlik qilamiz, eng muhim narsalarni asrab avaylaymiz!

    12:00 - 12:20 Nikoloz Kurdiani (Gruziya) TBC Bank Uzbekistan kuzatuv kengashi raisi. 360 kampaniyasi doirasida milliy qadriyatlar.

    12:20 - 13:00 Vladimir Lifanov. «Suprematika» brending agentligi asoschisi (Rossiya)

    Chiroqdagi jin. Dizaynerning abitsiyalari achinarli voqyellikka qanday yo‘liqishi haqida hikoya

    13:00 - 14:00 Tushlik

    14:00 - 14:40 Akmal Raimov. Direktor mejdunarodnoy seti pitsseriy Dodo Pizza Tashkent (Uzbekistan)

    Data-Driven marketing: O‘zbekiston tayyormi?

    14:40 - 15:20 Maksim Illyuxin. Head of CX & Product, co-CEO Fedoriv agency (Ukraina), Aleksey Maksimenko. Brand leader Fedoriv agency (Ukraina), Malik Karimov. korzinka.uz marketing bo‘yicha direktori (O‘zbekiston) 

    What great brands do: milliy miqyosdagi brend yanglanishi nega zarur?

    15:50 - 16:50 Andrey Gubaydullin. «Vosxod» RA kreativ diretkori va hamsohibi (Rossiya) 

    O‘z iste'molchilaringizni seving!

    17:15 - 18:30 Ivan Churilin. ABC show prezidenti (Rossiya)

    ABC show-eng yaxshi jahon reklamasi kolleksiyasi

    19:00 - 20:30 TAF!21 eng yaxshi reklama tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi

     

    Bosh hamkor - "O'zbekinvest" sug'urta kompaniyasi

O`tkazish joyi

Hyatt Regency Toshkent

Manzil
Alisher Navoi ko'chasi 1, Toshkent
Telefon
+998 97 707 88 99
Foydali ma`lumot
Til:
Русский
Tadbirning davomiyligi:
9:30 - 20:30 - Shan, 9 Okt