Elektron (PDF) chiptalar
To'lovdan so'ng darhol elektron pochtangizga yuboriladi.
Kirishda telefon ekranida ko'rsating yoki chop eting, shuningdek siz bilan boradiganlarga yuboring.

Elektron (PDF) chiptalar bilan birgina bosishda vaqtingizni tejang!
Elektron chipta shaxsiy kabinetingizda va elektron pochtangizda saqlanadi. Uni internet orqali dunyoning istalgan nuqtasidan olishingiz mumkin. Kassaga borish va navbatda kutish shart emas.
Qanday olish mumkin?
Bank kartasi orqali onlayn to‘lov muvaffaqiyatli amalga oshirilgach, chipta avtomatik ravishda elektron pochta manzilingizga PDF formatida yuboriladi. Shuningdek, chipta mobil ilovadagi shaxsiy kabinetingizning «Chiptalar» bo‘limida QR-kod ko‘rinishida ham mavjud bo‘ladi.
Qanday foydalanish mumkin?
Tadbir kuni PDF-chiptani elektron pochtangizdan yuklab oling va telefon ekranida ko‘rsating yoki uni chop etib, qog‘oz shaklida taqdim eting.
Afzalliklari
- Yo‘qotib qo‘yish yoki unutib qoldirishning imkoni yo‘q.
- Shaxsiy kabinetingizda va elektron pochtangizda saqlanadi.
- Tadbirga qulay kirishni ta’minlaydi.
Boshqa shaxsga yuborish imkoniyati
Elektron pochtangizga yuborilgan xatdan chiptani PDF formatida yuklab olib, uni istalgan shaxsga elektron pochta yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali yuborishingiz mumkin.
Qaytarish va almashtirish
Elektron (PDF) chiptalarni qaytarish yoki almashtirishni onlayn rasmiylashtirish uchun quyidagi telefon raqamlari orqali qo‘llab-quvvatlash xizmatimizga murojaat qilishingiz mumkin.
+998 712 071-071
+998 712 072-072