QR-chipta
Raqamli chiptangiz mobil ilovada.
iTicket.UZ mobil ilovasida yaratiladigan, tadbirlarga tez va kontaktsiz kirish imkonini beruvchi raqamli chipta.
Mobil ilovadagi raqamli chiptangiz
QR-chipta iTicket.UZ mobil ilovasida saqlanadigan raqamli chiptadir.
Bunday chiptani chop etish talab qilinmaydi. QR-kod faqat mobil ilovada faollashadi va tadbirga kirishda bevosita ilova ekranidan ko‘rsatilishi kerak.
iTicket.UZ mobil ilovasini App Store va Google Play orqali yuklab olish mumkin.
QR-chiptani qanday olish mumkin?
iTicket.UZ sayti yoki mobil ilovasi orqali onlayn chipta xarid qilinganda, tegishli tadbir uchun ushbu chipta formati tanlangan bo‘lsa, QR-chipta avtomatik ravishda hisobingizga qo‘shiladi.
Elektron pochta manzilingizga faqat xarid tasdiqnomasi yuboriladi. QR-chipta xatga ilova qilinmaydi va PDF formatida taqdim etilmaydi.
Chiptani ko‘rish uchun iTicket.UZ mobil ilovasiga xarid amalga oshirilgan hisob orqali kiring va «Chiptalar» bo‘limiga o‘ting.
QR-chipta bilan tadbirga qanday kirish mumkin?
Xavfsizlik maqsadida QR-chipta tadbir boshlanishidan 12 soat oldin faollashadi. Ungacha QR-kod mobil ilovada xiralashgan holda ko‘rsatiladi.
Tadbirga kirishda «Chiptalar» bo‘limida tegishli chiptani oching va faol QR-kodni nazorat xodimiga ko‘rsating.
QR-kodning fotosuratlari, nusxalari va skrinshotlari tadbirga kirishda qabul qilinmaydi. Xavfsizlik maqsadida mobil ilovada QR-kodning skrinshotini olish imkoniyati o‘chirilgan.
Tadbirga borishdan oldin telefoningiz yetarlicha quvvatlanganiga va iTicket.UZ hisobingizga kirganingizga ishonch hosil qiling.
QR-chiptani boshqa shaxsga yuborish mumkinmi?
QR-chiptani iTicket.UZ mobil ilovasi orqali boshqa foydalanuvchiga o‘tkazish mumkin. Buning uchun «Chiptalar» bo‘limini oching, tegishli chiptani tanlang, «Transfer» tugmasini bosing va qabul qiluvchining elektron pochta manzilini yoki iTicket.UZ hisobining foydalanuvchi ID raqamini kiriting.
Amaliyotni tasdiqlashdan oldin kiritilgan ma’lumotlarni qayta tekshirish uchun uch soniyalik kutish vaqti beriladi. So‘rov yuborilgach, chipta qabul qiluvchi tomonidan qabul qilingunga qadar «Kutilmoqda» holatida qoladi.
O‘tkazish tasdiqlangach, chipta qabul qiluvchining hisobiga o‘tadi va uning «Chiptalar» bo‘limida ko‘rsatiladi.
Chipta qabul qiluvchi tomonidan qabul qilingandan so‘ng, uni dastlabki xaridorning hisobiga qaytarish imkonsiz.
