O‘zbekiston Akademik rus drama teatri

O‘zbekiston Akademik rus drama teatri

O‘ZBEKISTON AKADEMIK RUS DRAMA TEATRI — KLASSIK SAN’AT VA ZAMONAVIY TEATR UCHRASHUV MASKANI!

Toshkent shahrining markazida, Zarafshon ko‘chasi, 24-uy manzilida joylashgan O‘zbekiston davlat akademik rus drama teatri mamlakatimizning qadimiy va nufuzli teatrlaridan biridir. 1934-yilda tashkil etilgan teatr 1967-yilda «Akademik» maqomiga ega bo‘lgan. Teatr rus tilidagi sahna asarlari orqali tomoshabinlarga boy adabiy meros va teatr san’atini taqdim etadi.

Teatr repertuaridan rus va jahon klassikasi namunalari, shuningdek, zamonaviy dramaturgiya asarlari o‘rin olgan. Bu yerda Anton Chexov, Fyodor Dostoyevskiy, Uilyam Shekspir kabi mashhur adiblarning asarlari asosidagi spektakllarni tomosha qilish mumkin. O‘zbekiston akademik rus drama teatri — mazmunli sahna asarlari, mahoratli aktyorlar ijrosi va unutilmas taassurotlar maskani.

г.Ташкент Мирабадский р-н ул.Зарафшон,24