
Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi — Ozarbayjon madaniyati va san’atini namoyish etuvchi maskan!
O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Toshkent shahrida, Haydar Aliyev ko‘chasida joylashgan. Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzurida faoliyat yurituvchi ushbu markaz ikki qardosh xalq o‘rtasidagi tarixiy do‘stlik, madaniy aloqalar va hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Markazda Ozarbayjon xalqining tarixi, milliy an’analari, adabiyoti va san’atini targ‘ib qilishga qaratilgan turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ko‘rgazmalar, konsertlar, ijodiy uchrashuvlar va taqdimotlar tashkil etiladi. Shuningdek, Haydar Aliyev muzeyi va O‘zbekiston–Ozarbayjon do‘stligi muzeyi orqali tashrif buyuruvchilar ikki xalqning boy madaniy merosi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.