
Central Asian Expo Uzbekistan (CAEx) — Toshkent shahrida joylashgan zamonaviy xalqaro ko‘rgazma va anjumanlar markazi bo‘lib, Markaziy Osiyodagi yirik tadbirlar maydonlaridan biridir. Markaz xalqaro va mahalliy ko‘rgazmalar, biznes-forumlar, konferensiyalar, kongresslar, festivallar hamda turli ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan.
CAEx tashrif buyuruvchilar, tashkilotchilar va ishtirokchilar uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Markaz umumiy 23 000 kvadrat metr maydonni, jumladan, 18 000 kvadrat metr ko‘rgazma pavilyonini o‘z ichiga oladi. Zamonaviy infratuzilma, ko‘p funksiyali tadbir maydonlari va qulay avtoturargoh markazni turli miqyosdagi tadbirlarni tashkil etish uchun mos maskanga aylantiradi.