Courtyard by Marriott Tashkent

Courtyard by Marriott Tashkent

COURTYARD BY MARRIOTT TASHKENT — ZAMONAVIY QULAYLIK, NAZOKAT VA YUQORI DARAJADAGI XIZMAT!

Toshkent shahrida, Kichik Beshyog‘och ko‘chasi, 126-uy manzilida joylashgan Courtyard by Marriott Tashkent — xalqaro Marriott mehmonxonalar tarmog‘iga mansub zamonaviy mehmonxona. Mehmonxona o‘zining qulay joylashuvi, zamonaviy interyeri va yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatishi bilan ajralib turadi. Bu yerda mehmonlar uchun turli toifadagi shinam xonalar, dam olish va ish faoliyati uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

Mehmonxona hududida MEATme restorani, Ugolёk Terrace, Biblioteka Lounge Bar va Lobby Bar kabi ovqatlanish maskanlari, yopiq suzish havzasi, jakuzi va zamonaviy fitnes markazi mavjud. Shuningdek, konferensiyalar, biznes uchrashuvlari, seminarlar, tantanali marosimlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish uchun beshta maxsus zal faoliyat yuritadi. Eng katta zal 200 nafargacha mehmonni qabul qila oladi. Courtyard by Marriott Tashkent — dam olish, ishbilarmonlik uchrashuvlari va unutilmas tadbirlar uchun qulay maskan.

126 Kichik Beshyogoch ko'chasi, Toshkent