
Green Hills Resort — Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Chimboyliq qishlog‘ida, go‘zal tog‘lar va yam-yashil tabiat qo‘ynida joylashgan dam olish maskanidir. Bu yerda tabiat go‘zalligi, zamonaviy qulayliklar va osoyishta muhit uyg‘unlashib, oilaviy hordiq, do‘stlar davrasidagi sayohatlar hamda shaharning shovqinidan uzoqda dam olish uchun ajoyib sharoit yaratadi.
Mehmonlar uchun shinam mehmonxona xonalari va tabiiy yog‘ochdan qurilgan premium kottejlar mavjud. Resort hududida ochiq basseyn, sauna, karaoke, bilyard, stol tennisi, velosiped va elektrosamokatda sayr qilish, ot minish, arqonli park hamda futbol maydoni kabi hordiq va faol dam olish imkoniyatlari taklif etiladi. Green Hills Resort tabiat bag‘rida unutilmas taassurotlar va maroqli dam olishni istagan barcha mehmonlarni kutib oladi.