KOREYA MADANIYATI VA SAN’ATI UYI — IKKI XALQ MADANIYATI VA DO‘STLIGINI BIRLASHTIRUVCHI MASKAN!
Toshkent shahrining Yashnobod tumanida, Ohangaron yo‘li, 11-uy manzilida joylashgan Koreya Madaniyati va San’ati uyi — O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi do‘stlik, madaniy hamkorlik va san’atni rivojlantirishga xizmat qiluvchi zamonaviy madaniyat majmuasidir. Bu yerda konsertlar, teatr tomoshalari, ko‘rgazmalar, festivallar va turli madaniy tadbirlar tashkil etiladi.
Majmua tarkibida 478 o‘rinli kino-konsert zali, konferensiyalar zali, kutubxona va badiiy galereya mavjud. Zamonaviy me’morchilik va an’anaviy koreys madaniyati uyg‘unlashgan ushbu maskan tashrif buyuruvchilarga turli san’at yo‘nalishlari bilan tanishish va unutilmas taassurotlar olish imkonini beradi. Koreya Madaniyati va San’ati uyi — madaniyatlar uchrashadigan va do‘stlik mustahkamlanadigan betakror maskan.