Yoshlar Ijod saroyi

Yoshlar Ijod saroyi

YOSHLAR IJOD SAROYI — SAN’AT, IJOD VA MADANIY TADBIRLAR UYG‘UNLASHGAN MASKAN!

Toshkent shahrining markazida, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 2-uyda joylashgan Yoshlar ijod saroyi — yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, madaniy hayotini boyitish va turli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi zamonaviy madaniy-ma’rifiy majmuadir. 2008-yilda «Yoshlar yili» davlat dasturi doirasida barpo etilgan ushbu maskan o‘ziga xos me’moriy ko‘rinishi va keng imkoniyatlari bilan ajralib turadi.

Saroyda ko‘rgazmalar, konsertlar, taqdimotlar, ijodiy uchrashuvlar, seminarlar va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etiladi. Majmuada uchta ko‘rgazma zali, katta tadbirlar zali hamda ijodiy laboratoriyalar mavjud. Yoshlar ijod saroyi — san’at ixlosmandlari, ijodkorlar va tashrif buyuruvchilar uchun yangi g‘oyalar, bilim va ilhom olish imkonini beruvchi madaniy maskandir.