8 yoshli Oskar va uning 13 yoshli opasi Lilli olti yil oldin onasi bilan birga Chechenistondan Evropaga qochib ketishadi. Bolalar endi Vena shahrini o'zlarining yangi vatani deb bilishadi va nemis tilida ravon so‘zlashishadi. Ammo ba’zi sabablarga ko‘ra oila deportasiya qilinishi talab etiladi. Taqdir qiyinchiliklaridan qattiq shikastlangan ona, umidsizlikdan o'z joniga qasd qilishga urinib, ruhiy kasallar shifoxonasiga tushib qoladi. Oskar va Lilli xar-xil homiy ota-onalar qaramog’iga tushib, bir-biridan ajratiladi.