Konsert O‘zbekiston Respublikasi madaniy hayotidagi muhim voqea — O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 90 yilligiga bag‘ishlanadi.
Konsert dasturidan jahon vokal san’atining sara asarlari o‘rin olgan bo‘lib, ular Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrining yetakchi solistlari ijrosida taqdim etiladi.
Konsertda professor Malika Bahritdinovna Kasimova sinfi talabalari konsertmeyster-pianistlar sifatida ishtirok etadilar.
Sana: 2026-yil 1-dekabr
Boshlanish vaqti: 18:00
O‘tkazilish joyi: O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Organ zali