O‘zbekiston davlat konservatoriyasi «XX asr palitrasi» nomli kamer musiqasi konsertiga taklif etadi!
Konsert XX asrning buyuk bastakorlari ijodiga mansub yorqin asarlar, musiqiy uslublar va badiiy yo‘nalishlarning rang-barangligini o‘zida mujassam etadi.
Dasturdan D. Shostakovich, R. Shchedrin, A. Shönberg, E. Bloch, V. Zvaag, E. Bozza, J. Cage, J. Ireland va A. Piazzolla asarlari o‘rin olgan.
Turli tarkibdagi kamer ansambllari musiqiy ranglar boyligini — lirik va falsafiy obrazlardan tortib, virtuoz va jo‘shqin ohanglargacha namoyish etadi.
Konsertda O‘zbekiston davlat konservatoriyasining solistlari hamda professor-o‘qituvchilar tarkibi ishtirok etadi.
Sana: 2026-yil 26-noyabr
Boshlanish vaqti: 19:00
O‘tkazilish joyi: O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Organ zali
XX asr kamer san’atining serqirra olamiga bag‘ishlangan ushbu musiqiy oqshomga barcha klassik musiqa ixlosmandlarini taklif etamiz!