Sizni unutilmas nostalji muhitini baxsh etadigan va sevimli retro qo‘shiqlar olamiga olib kiradigan «Milliy Retro» musiqiy dasturiga taklif etamiz!
Bir sahnada taniqli san’atkorlar jamlanib, bir necha avlod qalbidan joy olgan mashhur qo‘shiqlarni ijro etishadi. Sizni dilga yaqin taronalar, yorqin chiqishlar va o‘tmishning unutilmas musiqiy lahzalari kutmoqda.
Sevimli qo‘shiqlaringiz olamiga qaytish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!