ONA MEHRI

Tadbir haqida

“Ona mehri” spektakliga marhamat

O’zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida @sehrli_yakshanba tuhfasi 9 noyabr kuni soat 12:00 da “Ona mehri” spektakli namoyish etiladi.

Keksa ona og‘ir betob, uning dardini qanday davolash mumkin? Nahotki bu og‘ir dardni davolash uchun yangi tug‘ilgan kiyik bolasini qurbon qilish shart bo‘lsa? Qiziqarli tomoshani o‘tkazib yubormang!

Muallif Eson O’rinov, postanovkachi rejissyor O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Malika Iskandarova, rassom Yevgeniya Biserova, musiqa tanlovchi Bahodir Zokirov.

Aktyorlar Yo’ldosh Ermatov, Shohida Usmonova, Iskandar Elmurodov, Dilnavoz Ismatullayeva, Dilnavoz Ahmedova va boshqalar.

Spektaklda ona qalbining mehrga to’la xilqati, insoniy tuyg’ularning o’ziga xos talqinlari ko’rsatiladi.

Manzil Toshkent shahri Abdulla Qodiriy ko‘chasi 13-uy

Yosh cheklanishlari / Til

0+
ONA MEHRI ONA MEHRI