Klassik musiqa konserti

Tadbir haqida

4-noyabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Katta zalida “Conservatory SMART Fest” Xalqaro musiqa va ta’lim festivali doirasida klassik musiqa konserti bo‘lib o‘tadi.

Oqshomda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Kamoliddin Urinbayev boshchiligidagi O‘zbekiston davlat simfonik orkestri hamrohligida Michigan universiteti musiqa kolleji (AQSH) professorlaridan “Torli cholg‘ular” kafedrasi raisi, P. Chaykovskiy nomidagi Xalqaro tanlovning kumush medal sohibi, “Trio Nobilis” yakkaxoni, dunyoga mashhur violonchelist Suren Bagratuni, Gremmi mukofoti sohibasi, Maykl Xill va Liana Isakadze nomidagi Xalqaro skripkachilar tanlovi laureati Ivon Lam hamda Xalqaro tanlovlar laureati, “Fortepiano” kafedrasi raisi, “Distinguished Faculty Award” mukofoti va “Concours Debussy” medali sohibasi Debora Moriarti chiqish qiladilar.

Katta sahnaning mahoratli ustalari tomonidan “Egmont” uvertyurasi va L. Betxovenning Uchtalik konserti kabi jahonning yirik durdona asarlari yangraydi.

Yosh cheklanishlari / Til

Klassik musiqa konserti Klassik musiqa konserti