O‘zbekiston Davlat simfonik orkestri konserti

Tadbir haqida

2023-yil 27-yanvar kuni soat 19:00 da O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Katta zalida O‘zbekiston davlat simfonik orkestrining konserti bo‘lib o‘tadi.

Dasturda: 

I. Brams – Simfoniya №3; 

F. Shopen – Fortepiano uchun orkestr bilan konsert №2 yangraydi. 

Yakkaxon: Xalqaro tanlovlar laureati – Fazliddin Husanov.

Fazliddin Husanov 4 yoshidan boshlab fortepianoda ijro etish ko‘nikmalarini o‘zlashtira boshlagan. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi Popovich Tamara Afanasyevnaning o‘quvchisi bo‘lmish F. Husanov “Maxsus fortepiano pedagogi” sinfini tugatib, Germaniyada tahsil olishni davom ettirdi. 2002-yilda “Nihol” davlat mukofoti sohibiga aylandi. 

Hozirgi kunda Markaziy Osiyo va Qozog‘iston pianinochilari tanlovi (Ashxobod, Turkmaniston), Junior Gina Bachauer V Xalqaro pianinochilar tanlovi (Solt Leyk Siti, AQSh), de St. Pons Xalqaro festivali (Fransiya), Xalqaro pianinochilar tanlovi (London, Buyuk Britaniya), Xalqaro tanlov (Neapol, Italiya), Xalqaro pianinochilar tanlovi (Germaniya),  Shizuoka  nomidagi Xalqaro tanlovda (Yaponiya) 1-o‘rin va “Absolyut”, Xalqaro pianinochilar tanlovi (Sitsiliya, Italiya), S.V.Raxmaninov nomidagi III Xalqaro pianinochilar tanlovi (Los-Anjeles, AQSh) va boshqa ko‘plab nufuzli xalqaro tanlovlarning laureati hisoblanadi. 

Fazliddin Husanov Yevropa va Osiyo davlatlarida, AQShda muvaffaqiyatli konsert faoliyatini olib bormoqda, ko‘plab mamlakatlarning orkestrlari bilan hamkorlik qiladi va bir qator yirik xalqaro tanlovlarning hay’ati tarkibiga kiradi.  

2000-yildan buyon Fazliddin Husanov Uels konservatoriyasining (Buyuk Britaniya) “Maxsus fortepiano” sinfida dars berib keladi. 

Yosh cheklanishlari / Til

O‘zbekiston Davlat simfonik orkestri konserti O‘zbekiston Davlat simfonik orkestri konserti