Joriy yil 17-mart kuni soat 19:00 da O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Katta zalida O‘zbekiston davlat simfonik orkestrining konserti bo‘lib o‘tadi.
Dasturda jamoaning badiiy rahbari va bosh dirijyori, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Kamoliddin Urinbayev boshchiligida “Koriolan” uvertyurasi va Lyudvig van Betxovenning fortepiano bilan orkestr uchun №4 Konserti, shuningdek, Sergey Raxmaninovning fortepiano bilan orkestr uchun №2 Konserti ijro etiladi.
Yakkaxonlar sifatida Son Yo Ro hamda Djivon Pak (Koreya Respublikasi) ishtirok etadilar.
