Joriy yil 15-aprel kuni soat 19:00 da O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Katta zalida Sergey Raxmaninov tavalludining 150 yilligiga bag‘ishlangan “Raxmaninov bahori” Xalqaro musiqa san’ati festivalining yopilishi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston davlat simfonik orkestri badiiy rahbari va bosh dirijyori Kamoliddin Urinbayev boshchiligidagi O‘zbekiston davlat simfonik orkestr, O‘zbekiston davlat simfonik orkestrining xor jamoasi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Musiqali teatr-studiyasining xor jamoasi yirik masshtabli konsert dasturini ijro etib, dasturdan Simfonik raqslari, fortepiano bilan orkestr uchun 4-konsert va “Колокола” (“Qo‘ng‘iroqlar”) poemasi o‘rin olgan.