Toshkentda Rossiya Bolshoy teatri yulduzlari ishtirokidagi balet oqshomi bo‘lib o‘tadi
Poytaxt aholisi va mehmonlarini noyob madaniy voqea kutmoqda – 3-oktabr soat 19:00 da Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida Rossiyada xizmat ko‘rsatgan va xalq artistlari ishtirokidagi tantanali balet namoyishi bo‘lib o‘tadi.
Sahnada Rossiya Davlat Bolshoy teatrining balet raqsi ustalari, jumladan Leonid Myasin mukofoti sovrindori Mariya Aleksandrova, Bolshoy teatrining oliy toifali raqqosi Aleksandr Volochkov, “Oltin niqob” mukofoti sovrindori Vyacheslav Lopatin, prima-balerina Yevgeniya Obrazsova va boshqa taniqli artistlar chiqish qiladilar.
Dasturda mumtoz balet durdonalari bo‘lmish ”Don Kixot”, “Silfid”, “Korsar”, “Spartak”, “Sevgi afsonasi”, “Karmen”, “Raymond”, “Uyqudagi go‘zal” balet parchalari ijrosi, K. Sen-Sansning “Jon taslim qilayotgan oqqush” musiqasi tarannumi va boshqalar taqdim etiladi.