5–6-mart kunlari Xalqaro opera va balet festivali dasturida zamonamizning eng taniqli raqqos va xoreograflaridan biri britaniyalik sahnalashtiruvchi Akrom Xonning “Chotto Desh” balet spektakli namoyish etiladi.
“Chotto Desh” (Kichik Vatan) spektaklida Xon raqs tili orqali ona yurti Bangladeshdan Britaniyaga ketayotgan navqiron yigitning orzu-umidlaridan iborat o‘z hikoyasini so‘zlab beradi. Jonli raqs xatti-harakatlari, matn, tasviriy ta’sir va ovozdan foydalangan holda balet zamonaviy dunyodagi inson irodasining matonatini tarannum etadi va u oilaviy tomosha qilish uchun sehrli, to‘lqinlantiruvchi va o‘tkir raqs spektakli sifatida yorqin xotirada qolishi kutilmoqda.
2024-yilning 28-fevral – 16-mart kunlari Toshkentdagi barcha nozik didli tomoshabinlarni uzoq kutilgan voqea kutmoqda – poytaxtda O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etiladigan har yilllik Xalqaro opera va balet festivali bo‘lib o‘tadi. Tomoshabinlar eng ahamiyatga molik san’at maktablari, sayyor guruhlari va xoreograflar tomonidan tayyorlangan turli mamlakatlarning mashhur sahna asarlarini tomosha qiladilar.
Festival dasturi mumtozlik va zamonaviylik, afsonaviy voqealar rivojining yangi talqinlari hamda dramaturgiya va ssenografiyada peshqadam yondashuvlarni o‘zida mujassam etgan spektakllardan iborat. Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida Boris Eyfmanning “Rus Gamleti” baleti va italiyalik xoreograf Mauro Bigonzettining “Nafas kabi” va Yuriy Posoxovning “Gabriel Shanel” balet tomoshalari, Akrom Xonning “Chotto Desh” spektakli va Vyacheslav Samodurovning “Romeo va Julyetta” baleti taqdim etiladi. Shuningdek, tomoshabinlarni Offenbaxning Stefano Poda sahlanashtiruvidagi “Gofman ertaklari” operasi kutmoqda.

180 000 UZS
20 000 UZS
50 000 UZS