Yapon musiqachilari – dirijyor Xajime Xama va pianinochi Yukio Yokoyama ishtirokida O‘zbekiston Milliy simfonik orkestrining konserti

Tadbir haqida

2023-yilning 17-noyabr kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida yaponiyalik sozandalar dirijyor Hajime Hama va pianinochi Yukio Yokoyama ishtirokida O‘zbekiston Milliy simfonik orkestrining konsert dasturi bo‘lib o‘tadi

Hajime Hama va Yukio Yokoyama nafaqat Yaponiyada, balki uning sarhadlaridan tashqarida ham mashhurdir.

Pianinochi Yukio Yokoyama sulolaviy musiqachi hisoblanib, o‘z qobiliyatini ilk bolaligidanoq namoyon eta boshlagan. U o‘zi bastalagan pyesalarni ijro etib, Yaponiya, ham chet el orkestrlari bilan chiqish qilgan. Uning ustozlari orasida Gerbert fon Karayan va Mstislav Rostropovich bo‘lganlar. U 19 yoshida katta ijobiy taassurot qoldiruvchi muvaffaqiyatlarga erishadi. U Shopen nomidagi xalqaro pianino sozandalari tanlovining final bosqichida 2-o‘rinni egallagan eng yosh yapon ijrochisiga aylanadi.

Yukio Yokoyama o‘zining musiqiy marafonlari bilan dovrug‘ qozonib, ularda Shopenning aksariyat asarlarini ijro etgan. 2010-yilda u bir konsertda 166 ta asarni ijro etib, nu Ginnes rekordlar kitobida qayd etilgan. 2011-yilda Xonsyu oroli sohilidagi zilziladan keyin tashkil etilgan xayriya tadbiri doirasida u 18 soat ichida Shopenning barcha 212 ta fortepiano asarlarini ijro etadi.

Dirijyor Hajime Hama o‘z musiqiy sinfining eng a’lochi o‘quvchisi bo‘lgan. Bolaligidanoq turli tanlovlarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kirita boshlagan. Valtorn chalish bo‘yicha tahsilini tugatgach, u orkestrga rahbarlik qiladi, 1997-yilda esa dirijyor sifatida o‘z kuchini sinab ko‘ra boshlaydi. Ikki yildan so‘ng u Vena konsert uyidagi (Konserthaus) Motsart zali orkestriga muvaffaqiyatli dirijyorlik qiladi.

U 25 yildan buyon Suva simfonik orkestriga rahbarlik qilib kelmoqda, 2012-yilda esa havaskor va professional sozandalarni birlashtiruvchi “HAMAKUN and Friends” orkestriga asos soladi.

Toshkentdagi konsertda tomoshabinlarga yorqin va mazmunga boy dastur taqdim etiladi. O‘zbekistonlik bastakor Sulaymon Yudakovning “Xorazmcha bayramona yurish” asari, yapon mualliflari Akira Ifukubening simfonik balladasi va Yuzo Toyama orkestri uchun rapsodiyasi hamda Sergey Prokofyevning fortepiano orkestri uchun 3-konserti ijro etiladi.

Konsert O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ko‘magida o‘tkaziladi va u musiqa tili barchaga tarjimasiz ham tushunarli ekani, san’at esa kishilarni birlashtira olishga qodir ekanini namoyish etishga qaratilgan.

Yosh cheklanishlari / Til

3
Yapon musiqachilari – dirijyor Xajime Xama va pianinochi Yukio Yokoyama ishtirokida O‘zbekiston Milliy simfonik orkestrining konserti Yapon musiqachilari – dirijyor Xajime Xama va pianinochi Yukio Yokoyama ishtirokida O‘zbekiston Milliy simfonik orkestrining konserti