Ural baletining gala-konserti

Tadbir haqida

2024-yilning 28-fevral – 16-mart kunlari Toshkentdagi barcha nozik didli tomoshabinlarni uzoq kutilgan voqea kutmoqda – poytaxtda O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etiladigan har yilllik Xalqaro opera va balet festivali bo‘lib o‘tadi. Tomoshabinlar eng ahamiyatga molik san’at maktablari, sayyor guruhlari va xoreograflar tomonidan tayyorlangan turli mamlakatlarning mashhur sahna asarlarini tomosha qiladilar.

Festival dasturi mumtozlik va zamonaviylik, afsonaviy voqealar rivojining yangi talqinlari hamda dramaturgiya va ssenografiyada peshqadam yondashuvlarni o‘zida mujassam etgan spektakllardan iborat. Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida Boris Eyfmanning “Rus Gamleti” baleti va italiyalik xoreograf Mauro Bigonzettining “Nafas kabi” va Yuriy Posoxovning “Gabriel Shanel” balet tomoshalari, Akrom Xonning “Chotto Desh” spektakli va Vyacheslav Samodurovning “Romeo va Julyetta” baleti taqdim etiladi. Shuningdek, tomoshabinlarni Offenbaxning Stefano Poda sahlanashtiruvidagi “Gofman ertaklari” operasi kutmoqda.

28-fevral – 1-mart

Ural baleti Toshkentda

Festival dasturida Yekaterinburg davlat akademik opera va balet teatrining bir nechta spektakllari – Vyacheslav Samodurovning “Romeo va Julyetta” spektakli va Ural baletining gala-konserti taqdim etiladi.

Ural baletining galasi

Ural baletining gala konserti to‘rt baletdan iborat almanaxdir. Bu Rossiyaning eng yaxshi balet muassasalaridan birining siymosi va qariyb ikki asrni qamrab olgan “mumtoz raqs” deb atalmish hodisaning sayr ko‘zgusidir: dasturning eng ilgarigi qismi 1842-yilga to‘g‘ri keladi, eng oxirgisi esa 2023-yilning yozida sahnalashtirilgan.

“Neapol yoki baliqchi va uning kelini” baletini daniyalik Avgust Burnonvil yaratgan. 1842-yilgi ilk namoyishda Bornonvilning xoreografiyasi tomoshabinlarga juda tez va o‘yga toldiruvchi bo‘lib tuyuladi. Endi u jahon xoreografiyasining mumstoz asari. Kechaning ikkinchi qismi ikkita yangi asardan iborat. Bu Aleksandr Merkushevning zamonaviy yuqori tezlikdagi mumtoz raqs namunasi bo‘lgan “Terset” miniatyurasidir. Shuningdek, Ural baleti rahbari Maksim Petrovning Debyussi musiqasiga sayqallangan “Choshgoh” spektakli. Oqshom Samodurovning eng sara asarlaridan biri hisoblanmish “oq balet”ning zamonaviy timsoli bo‘lmish “Salyeri variatsiyalari” bilan yakunlanadi.

Yosh cheklanishlari / Til

3
Ural baletining gala-konserti Ural baletining gala-konserti