• 4-may kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilayotgan Xalqaro jaz festivali dasturida mashhur jaz sozandasi Igor Butman va uning – Moskva jaz orkestrining konserti bo‘lib o‘tadi. Konsertda xonanda Fantine hamda pianinochi, xonanda va bastakor Oleg Akkuratov ishtirok etadi.

     

    Igor Butman rossiyalik saksofonchi, 11 ta xalqaro festivallarning prodyuseri, jumladan “Jaz tantanasi”, “Sochi Jazz Festival” va boshqalar. 1999-yilda u Moskva jaz orkestriga asos solib, u 20 yil davomida o‘nlab mamlakatlarda sayyor safarlarida bo‘lib, dunyoning eng yirik jaz festivallarida ijro etgan.

     

    Igor Butmanning ijod bisotida 18 albom mavjud bo‘lib, jumladan Chik Koria, Jek Dejonnett, Jon Patituchci, Stefon Harris va Rendi Brekker bilan birgalikda yozilgan “Magic Land” diski ham bor.

O`tkazish joyi

Xalqaro anjumanlar saroyida

Manzil
1 Istiqbol ko'chasi, Toshkent
Telefon
+998 71 232 86 57
Foydali ma`lumot
Yosh chegarasi:
3 yoshdan
Tadbirning davomiyligi:
19:00 - 21:00 - Psh, 4 May
Chiptani qaytarib berish haqida ma'lumot:
Tadbir kuni ko'chirilgan yoki bekor qilingan taqdirda, pulni qaytarish jarayoni 14 ish kuni ichida amalga oshiriladi