8-mart kuni Xalqaro opera va balet festivali dasturida “Modanse” tomonidan sahnalashtirilib, birlashtirilgan “Nafas kabi” va “Gabriel Shanel” baletlaridan bahramand bo‘lish mumkin.
Loyiha Rossiya Bolshoy teatrining prima balerinasi va “La Skala” teatrining zalvarli arbobi, Rossiya Federatsiyasi xalq artisti Svetlana Zaharova uchun maxsus yaratilgan. “Nafas kabi” musiqasi Georg Fridrix Gendelning turli asarlariga asoslangan bo‘lib, unda barokko davri nafaqat balet musiqasida, balki zamonaviy va qoliplardan mustasno dadil liboslarga urg‘u berilgan raqs xoreografiyasida ham aks etgan. “Gabriel Shanel” baleti noma’lum chekka ovul qo‘shiqchisidan to eng nufuzli moda uylaridan birining rahbarigacha ko‘tarilib, XX asr moda olamini tamomila o‘zgartirib yuborgan buyuk Koko bosib o‘tgan yo‘l haqida hikoya qiladi.
2024-yilning 28-fevral – 16-mart kunlari Toshkentdagi barcha nozik didli tomoshabinlarni uzoq kutilgan voqea kutmoqda – poytaxtda O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etiladigan har yilllik Xalqaro opera va balet festivali bo‘lib o‘tadi. Tomoshabinlar eng ahamiyatga molik san’at maktablari, sayyor guruhlari va xoreograflar tomonidan tayyorlangan turli mamlakatlarning mashhur sahna asarlarini tomosha qiladilar.
Festival dasturi mumtozlik va zamonaviylik, afsonaviy voqealar rivojining yangi talqinlari hamda dramaturgiya va ssenografiyada peshqadam yondashuvlarni o‘zida mujassam etgan spektakllardan iborat. Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida Boris Eyfmanning “Rus Gamleti” baleti va italiyalik xoreograf Mauro Bigonzettining “Nafas kabi” va Yuriy Posoxovning “Gabriel Shanel” balet tomoshalari, Akrom Xonning “Chotto Desh” spektakli va Vyacheslav Samodurovning “Romeo va Julyetta” baleti taqdim etiladi. Shuningdek, tomoshabinlarni Offenbaxning Stefano Poda sahlanashtiruvidagi “Gofman ertaklari” operasi kutmoqda.