Назад в будущее

Tadbir haqida

U – “Moon Star” k-pop guruhining raqqosasi. U – “Koryo” ansamblining an'anaviy raqqosasi va uning yuragiga allaqachon boshqa da'vogar bor.

Bu uch qahramonni umumlashtirib turgan narsa nima bo'lishi mumkin? O'z xalqlarining tarixi.

Uch qahramon shafqatsiz, rad etilishga toqatsiz hukmdor boshqargan o'tmishga tushib qoladi.

Madaniyatdan bexabarlik javobgarlikdan ozod qilmaydigan, irodani namoyon etish esa hayotni havf ostida qoldirishi mumkin bo'lgan o'tmishda kelajakdan kelgan qahramonlarni nimalar kutmoqda?

Muallif va rejissyor Margarita Xonning koreys madaniyatining ikki qirrasi birlashgan "Kelajakka qaytish" myuzikli premyerasi "Chxusok — 2023" festivali doirasida namoyish etiladi.

Ushbu myuzikl K-popga mehr qo'ygan yoshlar, an'anaviy raqsni qadrlaydiganlar va koreys madaniyati sir-asrorlaridan baxramand bo'lishni istaganlar uchun mo'ljallangan musiqiy asar.

Sana: 16 sentyabr
Seanslar: 14:00 va 17:00
O‘tkazilish joyi: Koreya madaniyati va san’ati saroyining kontsert zali.
Tashkilotchilar: O'zbekiston Respublikasi   Koreys madaniyat markazlari uyushmasi qoshidagi "Shinsedae" yoshlar markazi va "Koryo" an'anaviy raqs xalq ansambli

Yosh cheklanishlari / Til

3+
Назад в будущее Назад в будущее