3-sentabrda “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Rossiya xalq artistlari Yevgeniy Mironov va Kseniya Rappoport ishtirokida “Maktublardagi ishq” nomli konsert spektakli bo‘lib o‘tadi.
Ushbu adabiy-musiqiy sahnalashtirilgan tomosha Pyotr Chaykovskiyning asarlari va bastakorning nafaqat xotamtoy, balki yaqin yo‘ldoshiga aylangan homiy Nadejda fon Mekk bilan bo‘lgan yozishmalari asosida yaratilgan.
Tadbir tashkilotchisi – O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi.
