Sergey Prokofyevning “Romeo va Julyetta” asari Vyacheslav Samodurov sahnalashtirilgan
Vyacheslav Samodurovning “Romeo va Julyetta” asari teatr va truppaning o‘ziga xos tashrif qog‘oziga aylangan. Ushbu spektaklni Prokofyev baletining ko‘plab spektakllarining birortasi bilan aralashtirib bo‘lmaydi: uni liboslar (Uyg‘onish davri mato suratlari parchalari) va ssenografiyasi – Shekspirning “Globus” teatrini eslatuvchi xavfli egilgan alvon rangli qurilmasi bilan osongina tanib olish mumkin. Va, shuningdek, xoreografik til nuqtai nazaridan: mumtoz tamanno yurishlar nomumtoz raqs jargonlari bilan qorishib, hayajonli sur’atda taqdim etilgan, egiluvchanlikning qat’iyligi va shiddati asar qahramonlarining nozik va zaifligini yashiradi.
2024-yilning 28-fevral – 16-mart kunlari Toshkentdagi barcha nozik didli tomoshabinlarni uzoq kutilgan voqea kutmoqda – poytaxtda O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etiladigan har yilllik Xalqaro opera va balet festivali bo‘lib o‘tadi. Tomoshabinlar eng ahamiyatga molik san’at maktablari, sayyor guruhlari va xoreograflar tomonidan tayyorlangan turli mamlakatlarning mashhur sahna asarlarini tomosha qiladilar.
Festival dasturi mumtozlik va zamonaviylik, afsonaviy voqealar rivojining yangi talqinlari hamda dramaturgiya va ssenografiyada peshqadam yondashuvlarni o‘zida mujassam etgan spektakllardan iborat. Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida Boris Eyfmanning “Rus Gamleti” baleti va italiyalik xoreograf Mauro Bigonzettining “Nafas kabi” va Yuriy Posoxovning “Gabriel Shanel” balet tomoshalari, Akrom Xonning “Chotto Desh” spektakli va Vyacheslav Samodurovning “Romeo va Julyetta” baleti taqdim etiladi. Shuningdek, tomoshabinlarni Offenbaxning Stefano Poda sahlanashtiruvidagi “Gofman ertaklari” operasi kutmoqda.