10–11-mart
Boris Eyfmanning “Rus Gamleti”
“Rus Gamleti” spektaklida Boris Eyfman Rossiya tarixidagi eng sirli va bahsli qahramonlardan biri bo‘lgan podshoh Pavel I siymosiga murojaat etadi. Sahnlashtiruvchi noodatiy va ruhan zaif shaxsiyatning zo‘ravonlik, bevafolik va yolg‘onga qurilgan ixtilofli dunyo bilan fojiali ziddiyatini ajoyib tarzda gavdalantirgan.
2024-yilning 28-fevral – 16-mart kunlari Toshkentdagi barcha nozik didli tomoshabinlarni uzoq kutilgan voqea kutmoqda – poytaxtda O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etiladigan har yilllik Xalqaro opera va balet festivali bo‘lib o‘tadi. Tomoshabinlar eng ahamiyatga molik san’at maktablari, sayyor guruhlari va xoreograflar tomonidan tayyorlangan turli mamlakatlarning mashhur sahna asarlarini tomosha qiladilar.
Festival dasturi mumtozlik va zamonaviylik, afsonaviy voqealar rivojining yangi talqinlari hamda dramaturgiya va ssenografiyada peshqadam yondashuvlarni o‘zida mujassam etgan spektakllardan iborat. Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida Boris Eyfmanning “Rus Gamleti” baleti va italiyalik xoreograf Mauro Bigonzettining “Nafas kabi” va Yuriy Posoxovning “Gabriel Shanel” balet tomoshalari, Akrom Xonning “Chotto Desh” spektakli va Vyacheslav Samodurovning “Romeo va Julyetta” baleti taqdim etiladi. Shuningdek, tomoshabinlarni Offenbaxning Stefano Poda sahlanashtiruvidagi “Gofman ertaklari” operasi kutmoqda.