“Shimoliy shamol” spektakli Renata Litvinovaning shu nom bilan ataluvchi mashhur asari asosida sahnalashtirilgan.
Aziz do'stlar!
Xabaringiz bor, dastlab spektaklda Renata Litvinova ishtirok etishi rejalashtirilgan edi, biroq artistning sog‘lig‘i tufayli uning Toshkentga gastroli bekor qilindi va uning o‘rniga taniqli rossiyalik aktrisa Sofya Ernst bosh rolni ijro etadilar. Shuningdek, ushbu sahna asarida taniqli teatr va kino ijodkorlari — Pavel Vorojsov, Raisa Maksimova, Anton Lobanov va boshqalar ishtirok etadilar. Muallif tomonidan spektakl janri “haqiqiy fantasmagoriya” deb ta’riflanadi.
Spektakl Xalqaro teatr va balet festivali doirasida bo‘lib otadi — bu Toshkent madaniy hayotida noyob va nafis voqealardan biridir. Festival tashkilotchisi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi. @acdfuz