Therr Maitz. Anton Belyaev

Tadbir haqida

Toshkentda Therr Maitz guruhining nodir musiqiy dasturi taqdim etiladi!

6-noyabr kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida dirijor Alibek Kabdurahmanov boshchiligidagi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri va O‘zbekiston davlat xor kapellasi ishtirokida Therr Maitzning konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.

Therr Maitz prodyuser va bastakor Anton Belyayev tomonidan ta’sis etilgan guruh bo‘lib, u o‘z dasturlarini keng ko‘lamli ohanglar majmuida — mo‘jaz elektronikadan tortib to shukuhli simfonik moslashtirmalargacha mohirona ishlab chiqadi.

Toshkentda Therr Maitz Rossiya va Yevropaning ko‘plab sahnalarida tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘lgan eng dovrug‘li asarlarini ijro etadi.

Chiptalar: www.iticket.uz

Yosh cheklanishlari / Til

6
Therr Maitz. Anton Belyaev Therr Maitz. Anton Belyaev